Jahon | 07:20 / 07.01.2026
5292
2 daqiqa o‘qiladi

Xaritadagi “egizaklar”: shakliga ko‘ra o‘xshash davlatlar

Dunyodagi ayrim davlatlar va hududlarning konturlari kutilmagan darajada bir-biriga o‘xshab ketadi. Infografikada shakli jihatidan o‘zaro o‘xshash davlatlar ko‘rsatilgan.

Janubiy Koreya bilan Irlandiya o‘rtasida umumiy jihatlar bormi-yo‘qmi — bahsli masala. Ammo bu davlatlar konturlariga qaralsa, yaqqol o‘xshashlikni ko‘rish mumkin.

Italiya — xaritadagi eng tanish davlatlardan biri, ammo infografika mualliflari unga ham “juft” topgan — Laos. Garchi bu holatdagi o‘xshashlik ancha uzoqroq bo‘lsa-da.

Tanlovga Chernogoriya va Kosovo ham kiritilgan: ular nafaqat shaklan o‘xshash, balki bir-biriga qo‘shni ham. Aytgancha, Chernogoriya Kosovo mustaqilligini tan olgan davlatlar qatoriga kiradi.

Lixtenshteynga ham “juft” topilgan. Shakliga ko‘ra, dunyodagi eng kichik davlatlardan biri Lyuksemburgni eslatadi. Aytgancha, Lyuksemburg hududiga taxminan 16 ta Lixtenshteyn sig‘ishi mumkin.

Infografikadagi davlatlar orasida eng kattasi — Argentina. Maydoni bo‘yicha u dunyoda 8-o‘rinda turadi. Shaklan Argentina haqiqatan ham Livanni biroz eslatadi, biroq hududi bo‘yicha u Livandan taxminan 267 marta katta.

Foto: reddit
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid