Yangi infografikada 2026 yil mart holatiga köra Box Office Mojo yangilangan ma’lumotlari asosida jahon böylab umumiy kassa tuşumlari böyiça barça davrlarning eng muvaffaqiyatli 20 filmi keltirilgan.

Jyeyms Kemeronning “Avatar” filmi (2009) 2,92 milliard dollardan ortiq daromad bilan tarixdagi eng kassabop film bölib qolmoqda. U 2021 yilda Xitoyda qayta namoyiş etilgandan keyin yana birinçi örinni mustahkamladi. Ilgari bu film qariyb ön yil davomida yetakçi bölib turgan, 2019 yilda esa uni ikki yilga “Qasoskorlar: Final” ortda qoldirgan edi.

“Avatar” va “Qasoskorlar: Final” (2,8 milliard dollar)ni hisobga olganda, tarixda atigi yettita film 2 milliard dollarlik çegaradan ötgan.

Qolgan beşta film: “Avatar: Suv yöli” (2022, 2,33 mlrd), “Titanik” (1997) va “Neçja 2” (2025) (ikkalasi ham 2,26 mlrd), “Yulduzlar uruşi: VII epizod — Quvvat uyğonişi” (2015, 2,07 mlrd), “Qasoskorlar: Çeksizlik uruşi” (2018, 2,05 mlrd).

Foto: Visual Capitalist

Bu röyxatning yuqori qismida heç bir rejissyor Jyeyms Kemeron kabi keng taqdim etilmagan. U “Titanik” va “Avatar” franşizasining barça filmlarini suratga olgan va şu orqali tarixdagi eng kassabop tört filmdan uçtasi unga tegişli.

Kemeron, şuningdek, tarixda birinçi bölib 1 milliard dollar va ilk ikki marta 2 milliard dollarlik daromadni bosib ötgan filmlarni yaratgan rejissyor sifatida ham tanilgan. Bugun bunday filmlar yettitaga yetgan bölsa-da, “ikki milliardliklar” soni böyiça u hali ham mutlaq yetakçi hisoblanadi.

Qiziği şundaki, uning eng daromadli ikki filmi — “Titanik” va original “Avatar” top-20 röyxatida franşizaga kirmaydigan yagona filmlardir. Franşiza deganda sikvel, spin-off, remeyk yoki mavjud asar asosidagi loyihalar tuşuniladi.

Agar şu ikki film hisobdan çiqarilsa, röyxatdagi qolgan barça kartinalar franşiza mahsulotlaridir. Ular qatoriga “Avatar”ning ikki davomi va Marvel’ning beşta blokbasteri — jumladan törtta “Qasoskorlar” filmi hamda “Örgimçak-odam: Uyga yöl yöq” (2021, 1,92 mlrd) kiradi.

“Neçja 2” — top-20dagi yagona Amerikada işlab çiqarilmagan film bölib, u 2019 yilda çiqqan xit Xitoy animatsiyasining davomi hisoblanadi va 2025 yil yanvarda Xitoy yangi yili munosabati bilan namoyiş etilgan.