14:08 / 11.04.2019
18729

Sudandagi harbiy to‘ntarish: prezident mamlakatdan qochishga uringan

Foto: AFP

Sudan prezidenti Umar al-Bashir harbiy to‘ntarishdan oldin mamlakatni tark etishga uringan, deya xabar bermoqda Al Arabiya.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, al-Bashir kecha, 10 aprel kuni mamlakatdan qochib chiqib ketishga harakat qilgan.

Sudan prezidenti Umar al-Bashir
Foto: REUTERS/Mohamed Nureldin Abdallah

Mamlakat poytaxti Xartumdagi aeroport yopib qo‘yilgan.

Bundan oldin, Sudanda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lgani, prezident uy qamog‘iga tashlangani xabar berilgandi.

Sudan armiyasi prezident saroyi, radio va televideniye ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Al-Bashirning qo‘riqchisi hibsga olingan, uning o‘zi esa uy qamog‘iga tashlangan.

Kutilishicha, harbiy kengash Sudanni bir yil davomida boshqaradi.

Al-Bashir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilgan prezident bo‘lib, u Sudan prezidenti lavozimini 1993 yil oktyabrdan beri egallab kelgan. Mamlakatda 2010 yilda o‘tkazilgan oxirgi prezident saylovlarida u 68,24 foiz ovoz to‘plagan.

Mavzuga oid
Top