Sudan prezidenti Umar al-Başir harbiy töntariş paytida iste'foga çiqmoqda. Bu haqda Al Arabiya manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Sudan armiyasi prezident saroyi, radio va televideniye ustidan nazoratni qölga kiritdi. Al-Başirning qöriqçisi hibsga olingan, uning özi esa uy qamoğiga taşlangan.
Kutilişiça, harbiy kengaş Sudanni bir yil davomida boşqaradi.
Al Hadath telekanalining xabariga köra, köçalarda minglab odamlar al-Başir hukmronligi tugaganini nişonlayapti.
Bundan oldin, Sudan prezidenti Umar al-Başir hukumatni tarqatib yuborib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat tartibini kiritgandi.
Al-Başir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilgan prezident bölib, u Sudan prezidenti lavozimini 1993 yil oktyabrdan beri egallab kelgan. Mamlakatda 2010 yilda ötkazilgan oxirgi prezident saylovlarida u 68,24 foiz ovoz töplagan.












