Arzon va xavfli. Salomatligimizga zarar keltiradigan mahsulotlar
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mutaxassislari narxi sizni xursand qilsa-da, umuman sotib olish kerak bo‘lmagan mahsulotlar haqida ma'lumot berishdi.
Supermarketlar iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarga to‘la, axir ular hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha salomatlikka putur yetkazishga qodir. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilari ana shunday mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi.
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Gap kolbasa va sosiskalar haqida ketmoqda. Ayrim kishilar sosiskalar go‘sht o‘rnini bosishi mumkin deb o‘ylaydilar. Aslida esa mutaxassislarning fikricha, bu yegulik qay darajada xavfli ekanini tasavvur qila olishmaydi: narxi qanchalik arzon bo‘lsa, uning sog‘liq uchun zarari shuncha yuqori bo‘ladi. Chunki tarkibida go‘shtning miqdori minimallashadi, kanserogen, ta'm qo‘shilmalari va oqsil-soya massasi o‘n martagacha ortiq bo‘ladi.
Yarim tayyor mahsulotlar
Yarim tayyor va muzlatilgan mahsulotlar faqat fosfat va transyog‘larga boy ekanini ta'kidlashmoqda mutaxassislar. Ko‘p komponentli qorishma qayta ishlanadi va sovitiladi. Bu esa tabiiy mahsulotlar yaroqlilik muddatini bir yilgacha uzaytiradi. Agar mahsulot davlat standartlari emas, texnik shartlarga ko‘ra ishlab chiqarilsa, uning tarkibi, oziqlantiruvchi qiymati va ta'mi butunlay ishlab chiqaruvchining istagiga bog‘liq bo‘ladi.
Pishloqlar
Parhezshunoslarning aytishicha, arzon pishloq tarkibida margarin, o‘simlik yog‘i va palma yog‘i bo‘ladi. Bunday pishloq yurak qon-tomir tizimi uchun zararli. Yaxshi pishloqning narxi esa arzon bo‘lmaydi.
Baliqli konservalar
Gap shundaki, narx xaridorga ma'qul bo‘lishi uchun korxonalar xarajatlarni qisqartirishga harakat qilishadi. Arzon metall bankasining baliq qaylasi bilan oksidlanishi reaksiya berishi mumkin. Bunday holatda mahsulot tarkibida og‘ir metallar bo‘ladi. Ular esa ma'lumki, salomatlikka putur yetkazadi.
Mavzuga oid
11:21 / 24.12.2024
Jazirama havo qarishni tezlashtiradi - tadqiqot
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
21:30 / 20.12.2024
«Sog‘lom oziq-ovqat» ta’rifi yangilandi - endi u nimani anglatadi?
21:59 / 18.12.2024