Jamiyat | 15:59 / 03.05.2023
31134
2 daqiqa o‘qiladi

Nemolchi.uz loyihasi muallifi o‘ziga o‘lim tahdidi bo‘lgani haqida xabar berdi

U shu tufayli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini ma’lum qilgan.

Foto: Irina Matviyenko / Facebook

Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o‘ziga o‘lim bilan tahdid qilingani, shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini bildirdi.

Aprel oyida noma’lum shaxs unga Telegram orqali tahdidli xabar yo‘llab, uni o‘ldirmoqchi ekani haqida yozgan.

Huquq faolining tan olishicha, u dastlab bu xabarga «ahmoqona hazil» sifatida qaragan. Lekin keyinroq unga pod’yezdga kirish qo‘rqinchli bo‘lib qolgan.

«O‘lim bilan tahdid qilinganidan keyin xatti-harakatlarim o‘zgardi. Men buni kimningdir ahmoqona hazilidek qabul qilishga harakat qildim, lekin pod’yezdga kirish, koridor bo‘ylab ofisga borish qo‘rqinchli bo‘lib qoldi. Ichkariga kirib, qo‘limda uchi tashqariga qaragan (yo‘naltirilgan) kalit bilan masofadan turib har bir burchakni ko‘zdan kechirdim. Zinadan liftda emas, piyoda yuqoriga va pastga tushib chiqdim. Erimdan maydonchamizga chiroq o‘rnatishni, umumiy eshikka qulf osib qo‘yishini so‘radim», deb yozadi u.

Matviyenko tahdidli xabarlarni psixologga ko‘rsatgan, mutaxassis esa xabarning yozilish uslubini ruhiy kasal odamnikiga o‘xshash deb baholagan.

Shundan keyin u ma’lum vaqtga O‘zbekistonni tark etishga qaror qilgan. Hozirda u Gruziyada bo‘lib turibdi

«Men, albatta, tez orada qaytib kelaman deb o‘ylayman. Hozircha xavfsiz joyda tinchlanib olishim kerak», deya qo‘shimcha qilgan u.

U 28 aprel kuni tahdidlar yuzasidan O‘zbekiston IIVga murojaat qilgan.

IIV matbuot xizmati xabar berishicha, Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda