Özbekiston marketing uyuşmasi brendlar uçun VIII “Brand Awards International” mukofotida qatnaşişga arizalar qabuli boşlanganini e’lon qildi.

Har qanday biznes sohibining maqsadi – mahsulot yaratib, har bir iste’molçini uning qadriyatlariga oşno qilişdir. Bu yölda eng yaxşi vosita işonçli va maşhur brendni şakllantirişdir, u har bir iste’molçiga özining eng nozik ehtiyojlarini qondirişda yordam beradi.

Heç birimiz u yoki bu brend haqida, uning qadriyatlari va foydalari haqida har doim ham yetarliça axborotga ega bölavermaymiz, ayniqsa gap mahalliy va unçalik maşhur bölmagan brendlar haqida borsa. Buning oqibati ölaroq, hamma potensial mijozlar ham özlariga haqiqatan mos keladigan brend haqida xabardor bölmaydi, brend esa, öz navbatida, munosib sotuvlarsiz qoladi.

Hayotimizda biz doim özimiz uçun obröli bölgan manbalar (döstlar, qarindoşlar, hamkasblar)dan tavsiyalar yordamida tanlovimizga tasdiq izlaymiz. Ayniqsa bu borada professionalning tavsiyasi qadrli. Bu har doim tanlovimizni yengillatadi va qarorlar qabul qilişda bizga dadillik beradi.

Buning uçun brend sohiblari asosiy, doimiy va sadoqatli, mahsulot nomi özi şunçaki söz emas, balki haqiqiy sifat, qulaylik va şinamlik belgisi bölgan mijozlar birinçi navbatda e’tibor beradigan brendning qadriyatlarini öz foydalanuvçilariga tuşunarli şaklda qadoqlaşi kerak.

Şu maqsadlarda “Brand Awards International” mukofotining taşkilotçilari mukofotda qatnaşiş va brendning eng muhim yutuqlarini taqdim etiş, ularning qiymatini baholaşning optimal formatini tayyorladi. Brendning muayyan sifat va miqdor xarakteristikalari asosida, qadrlilik va kelgusidagi işonçlilik nuqtai nazaridan, iste’molçi brendning ötgan yildagi yutuqlari töğrisidagi eng muhim axborotga ega bölişi mumkin böladi.

Mukofotda qatnaşiş uçun marketing.uz saytida ariza topşiriş, brif savollariga javob beriş va brend qiymatini hisoblab çiqiş uçun axborotni taqdim etiş kerak. Brend qiymati faqat mukofot iştirokçisining istagiga köra hisoblab çiqiladi va çop etiladi. Olingan sifat va miqdor ma’lumotlari hamda yutuqlar asosida ekspert hay’ati sovrinlar taqdim etadi. Mukofotda istalgan mamlakatdan istalgan brend qatnaşişi mumkin.

“Kompaniyangizning brendi qança turişi haqida heç öylab körganmisiz? Özingiz tikayotgan har bir narsa – vaqt, pul, sa’y-harakat – hammasi real natija keltirişi lozim. Qarangki, brend qiymatini hisoblab çiqsa bölar ekan. Bölganda ham, bu qoğozdagi raqam emas, balki sadoqatli auditoriya tufayli biznes oladigan real foyda böladi, - deya qayd etadi Özbekiston marketing uyuşmasi boşqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov. – Biznes sohibi birgina maqsad uçun ter tökadi – bu brend qiymati, u mahsulotning takomillaşuvini, iste’molçi uni tanişini, sifat nazorati, raqobatçilarni örganiş, jamoani şakllantiriş kabilarni öz içiga oladi. Brend bu – logotipning özigina emas, brend bu – kompaniya va mahsulotni yaqin yillarda rivojlantirişning iste’molçilar uçun tuşunarli va ular uçun maqbul ravşan strategiyasidir”.