IIV xabariga köra, viloyat hududida olib borilgan tadbirlar doirasida 106 ta jinoiy, 596 ta ma’muriy, jami 702 ta holat aniqlandi. 117 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bölsa, 633 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy çoralar körildi. 39 ta jinoyat foş etilib, 30 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlandi. 1123 nafar şaxs rasmiy ogohlantirildi. 

Andijon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Xöjaobod tumanida yaşovçi şaxs 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali hujjatlarini rasmiylaştirib berişni aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan. U kelişilgan pullardan 50 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan. 

Yana bir holatda, 1967 yilda Andijon şahrida tuğilgan şaxs yaşaş uyi yertölasida giyohvandlik va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlandi. 2 kg 37 gramm marixuana va 86 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini sotişni közlab saqlab kelayotganligi foş etildi.

Holatlar böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, suriştiruvçi-tergov harakatlari olib borilmoqda.