Jahon | 12:45 / 07.12.2016
8569
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada 11 yil avval shisha idish ichida jo‘natilgan maktub topildi

Foto: AP

Norvegiya qirg‘oqlarida ichida to‘qqiz yil avval yozilgan maktub bo‘lgan shisha idish topildi. Taxminan ming kilometr masofani bosib o‘tgan noma yo‘lga chiqarilganidan 11 yil o‘tib o‘qilgan. Islandiya davlat teleradioeshittirish xizmatining xabar berishicha, butilkani topib olgan norvegiyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarda xat muallifini izlab topgan.

"Mening ismim Dagnyu Lilya Arnarsdottir. Men to‘qqiz yoshdaman va 1995 yilda tug‘ilganman. Islandiyaning Akyureyrisida yashayman. Rasm chizishga qiziqaman. Bu xatni yuborish vazifasi bizga maktabda berilgan. Agarda uni topsangiz – telefon orqali ota-onamga murojaat qiling", - deb yozilgan nomada. 

Joriy yilda 21 yoshga to‘lgan Dagnyu esa yuborilgan xat allaqachon yodidan chiqib ketganini va hattoki o‘z rasmlari, imzosini ham tanimaganini aytib o‘tdi.

"Xatim to‘qqiz yildan keyin topilgani ajoyib holatdir. Biroq uni ko‘rib qolgan ayolning Facebook orqali men bilan bog‘langani – haqiqiy mo‘'jiza", - deb yozdi Dagnyu ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.

Ma'lumot uchun, shisha idishlar ichida xat jo‘natish – Islandiya aholisi orasida ommalashgan mashg‘ulotdir. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid