Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: studproject
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirilgan edi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.
«Xushnudbek.uz» saytida ma'lum qilinishicha, yaqinda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan shunday OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Qo‘shma qarorda uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yildi. Bular:
1) QS – Quacquarelli Symonds;
2) ARWU – The Academic Ranking of World Universities;
3) THE – Times Higher Education.
Uchala xalqaro tashkilot reytingining dastlabki 500 talik ro‘yxatidan bir-biridan farqli ta'lim muassasalari joy olganligi sababli, O‘zbekistonda 500 ta emas, 712 ta xorijiy OTMlarning diplomlari maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadigan bo‘ldi.
Ro‘yxatdan jami 66 ta davlatning oliy ta'lim muassasalari joy olgan. Eng ko‘p AQShdagi oliygohlar kiritilgan – jami 157 ta. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (60 ta), Germaniya (48 ta), Xitoy (45 ta), Italiya (35 ta), Fransiya (32 ta), Avstraliya (30 ta), Yaponiya (21 ta), Kanada (21 ta), Janubiy Koreya (16 ta), Ispaniya (16 ta) davlatlarining oliygohlari o‘rin egallagan.
Rossiyaning 13 ta ta'lim muassasasining diplomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiyalanishi belgilandi. Bular:
- E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti
- «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universiteti
- Sankt-Peterburg ITMO universiteti
- Qozon federal universiteti
- Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
- Moskva davlat fizika-texnika instituti (davlat universiteti)
- Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti («MGIMO»)
- Milliy yadroviy tadqiqotlar universiteti («MIFI»)
- Novosibirsk davlat universiteti
- Sankt-Peterburg politexnika universiteti
- Sankt-Peterburg davlat universiteti
- Tomsk davlat universiteti
- Tomsk politexnika universiteti
Shuningdek, Qozog‘istonning 3 ta oliygohi ushbu ro‘yxatga kiritildi. Bular:
- Al-Farobiy nomidagi qozoq milliy universiteti
- Satpayev nomidagi qozoq milliy texnika universiteti
- Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti
Saytda ushbu ro‘yxat bilan to‘liq tanishish mumkin.
So‘nggi yangiliklar
-
Medvedev: Yevropa Ittifoqi - Rossiya uchun «to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid»
Jahon | 07:34
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
Mavzuga oid

13:43 / 26.02.2025
Janubiy koreyalik talaba ko‘zlari yordamida dissertatsiya yozib, magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

11:38 / 09.10.2023
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

14:36 / 21.08.2023