Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident 28 dekabr kuni parlamentga murojaat qiladi
28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o‘tkaziladigan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qiladi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Prezident murojaatnomasi soat 10:00dan «O‘zbekiston24» va «O‘zbekiston» telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Yig‘ilishda yangi yilga nom berilishi ham kutilmoqda.
Prezident 2017 yilning 22 dekabrida ham Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida parlamentga murojaat qilgan, yig‘ilish jonli efirda namoyish etilgandi.
Prezidentning o‘tgan yilgi murojaatnomasi 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangandi.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
10:04 / 12.05.2025