Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi simpoziumlar saroyida ötkazilgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasiga murojaat qildi. Quyida prezidentning parlamentga murojaatidan 15 ta eng qiziq iqtiboslar töplab çiqildi.
«Juda katta marra belgilab olganmiz»
«Juda katta marra olganmiz. 25 yilda qilinmagan işlar marrasini olganmiz. Bizning siyosatda oyoğimizga kişan bölgan bitta masala bor – noreal raqamlar ortidan quviş. Endi amaliy natijadorlik, inson manfaatlari islohotlarning boş maqsadi etib belgilandi.
Darrov bir yilda hamma narsani qilib bölmaydi. Buni bilimli, ilmli odamlar qiladi. Oltin valyuta zaxiralari bir yilda 1,1 mlrd. dollarga köpaydi. Köpaygani davlatimiz qudratidan dalolat», — dedi prezident.
2018 yilning nomlanişi
«Yilga nom qöyişda juda köp öyladim. Çunki bu nomlar faqat köçaga çiroyli qilib yozib qöyiş uçun emas, kelgusida, albatta, qandaydir natija berişi kerak.
Men yangi — 2018 yilga yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili», deb nom berişni taklif etaman.
Yangi fikr, ğoya, innovatsiya bölmasa, kelajakda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilişi kerak», — dedi prezident.
Viloyatlar rahbarlari nima uçun böşatildi?
«Nega men ikki viloyat hokimini işdan oldim? Toşkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari — Şukrullo Boboyev va Uluğbek Uzoqov tajribali odamlar edi. Lekin ular paxtaga qöşib yozişni boşlaşdi. Paxtani bir kilo bölsa ham, hisob-kitobini toza qil, degandim.
Men yerning tagida ilon qimirlasa bilaman. Ammo endi bunday işlab bölmaydi. Özbek xalqining boşidan ne-ne kunlar ötmadi. Boşimizga Gdlyan, Ivanovlar solgan kunlar kerak emas. Biz u kunlar qaytişini istamaymiz. Bizga qöşib yozuvçilar kerak emas. Menga millatni sevadigan odam kerak», — dedi Ş.Mirziyoyev.
Jurnalistika universiteti taşkil etiladi
«Bugungi kunda yurtimizda 1.500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat körsatmoqda.
Öz-özidan ravşanki, ularning barçasiga yuqori malakali kadrlar kerak. Afsuski, bunday keng kölamli vazifani bir joyda markazlaştirgan holda hal etadigan tayanç oliy öquv yurti mamlakatimizda mavjud emas.
Nodavlat OAV, internet saytlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida davlat jamğarmasini tuziş maqsadga muvofiq. Şu sababli, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini taşkil etamiz», — dedi prezident.
Yöl-patrul xizmati inspektorlari kamera bilan ta'minlanadi
«Post-patrul xizmati xodimlarining videokamerasi bölmasa, haydovçilar u bilan gaplaşmasligi kerak. Kamera bölmasa, u pora oliş payida böladi. Viloyatlar çegarasidagi postlar ham kamaytiriladi. Masalan, Xorazmdan yölga çiqqan odam Toşkentga kelgunça tekşiruvdan ötaverib, tinkasi quriydi.
Endi YPX xodimi töxtatadi, kamera bilan gaplaşadi, böyniga kiçkina kamera osib qöyadi, bu tamagirlik, mansabini suiiste'mol qiliş holatlarining oldini oladi», — dedi prezident.
Milliy xavfsizlik xizmati isloh qilinadi
«Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida işlab kelmoqda. Har qanday oddiy harakat ham MXXga qarşi, deb baholab kelingan. Har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid, deb baholab kelingani uşbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketişiga sabab bölgan. MXX faoliyatini isloh qiliş vaqti keldi», — dedi prezident.
Davlat rahbari şu munosabat bilan «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar töğrisida»gi va «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunlarni işlab çiqiş va qabul qilişni taklif etdi.
Şavkat Mirziyoyevning eng katta armoni

«Joylarda ba'zi mutasaddilar tadbirkorga kalamuşday yopişib olgan. Tadbirkorlarni tekşiraverib, işlaşiga yöl qöymaydi. Ularni amalda yetarliça qöllab-quvvatlay olmayotganimiz — mening eng katta armonim. Ikki yil ular tekşirilmaydi. Endi ularni tekşiriş bilan prokuraturaning maxsus bölimi şuğullanadi. Buni şaxsan Prezident nazorat qiladi», — dedi Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va qonunçilik palatasi a'zolariga murojaatnomasida.
Hokimlarning vakolati haqida
«Keyingi paytda xalq deputatlari kengaşlarining rolini, xalq deputatlari vakolatlari tubdan oşirildi. Siyosiy partiyalarning mahalliy hokimiyat idoralarining şakllantiriş borasida vakolatlari borasida bosqiçma-bosqiç kengaytirildi. Deputatlik nazorati esa mustahkamlandi. Biroq oçiq tan oliş kerak, hokimlarning ham mahalliy kengaşlarga, ham ijro hokimiyatiga rahbarlik qilişi demokratik prinsiplarga mos keladi, deb bölmaydi. Heç qayerda bunday narsa yöq», — dedi prezident.
Mirziyoyev Özbekiston yoşlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzişni taklif qildi
«Yoşlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani öylayman. Mana, bugungi kunda qança-qança yoşlarimiz çet ellarda ta'lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida öz yölini topib, begona yurtda heç kimdan kam bölmay yaşayotganlari ham köp. Lekin Vatan soğinçi har qanday odamni ham qiynaydi. Şuning uçun ular bilan doimo aloqa örnatiş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, yurtimizga qaytiş istagida bölganlarni qöllab-quvvatlaş böyiça işlarni kuçaytirişimiz zarur.
Şu maqsadda Özbekiston yoşlari xalqaro assotsiatsiyasini tuziş va uning samarali faoliyat yuritişi uçun tegişli şaroit yaratib berişimiz kerak», — dedi prezident.
Diniy oqimlarga berilgan kişilarga qarşi kuraş

«Qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning çiqib kelişi endi bizga yaraşmaydi. Biz buni bilib, bilmaganga oldik. Xalq, jamiyat şuğullanişi kerak, deputat e'tibor qaratişi kerak.
«Mahalla», nozir xiyonat qilsa, bizga unday odamlar, rahbarlar nega kerak? Nega IIVga qattiq qarayapman? Mana, Moskvada yiğilişda qatnaşişdi vakillarimiz. Qaçon ogoh bölamiz — har bir köça, uyda, mahallada ega bölsa. Mahalladagi imom haqiqiy islomni tuşuntira olsa, adaşganlarni kirgizişga haqqimiz yöq. Xudo ham, bandasi ham bizni keçirmaydi», — dedi prezident.
Fuqarolar parlamentga elektron murojaat qilişlari mumkin böladi
«Bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengaşlari körib çiqişi majburiy ekani qonunda belgilab qöyilişi lozim.
Internetda «Mening fikrim» degan maxsus veb-sahifa taşkil etiladi. Bu aqlli deputatga yoqadi. Sizlarga ham oson böladi. Odamlarimiz fikrlarini, taşabbuslarini elektron tarzda yuboradi. Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar böyiça öz fikrlarini bildirişlari mumkin böladi», — dedi prezident.
Byurokratiya muammolari haqida
«Ayniqsa, aholiga xizmat körsatiş sohalarida ötirib olgan amaldorlar faoliyatida otangga bor, onangga bor qabilidagi sansalorlik avjiga çiqqan. Bunday holga endi toqat qilib bölmaydi. BTI soliqçilardan ham poraxör bölib ketgan. Yerni qonunsiz kim beradi? BTI yer tuzuvçi, endi unday narsa yöq, endi hamma masalani kunma-kun hal qilib beradi.
Şovotda xususiy boğça oçiş uçiş Toşkentga 1000 kilometrdan köproq yöl bosib keliş kerak. Bu — byurokratizm. «Xususiy boğça qilaman», degan odam oxiri özini Amudaryoga taşlab yuboradi-ku? Şu darajaga olib kelişadi.
Davlat xizmatlari agentligi haqida

«Bu agentlik işga tuşişi bilan öşa endi qişloq tumanlaridagi holat hamma joyda — notarial idorada navbat, pasport beriş navbat, mahalladan ma'lumotnoma oliş navbat, maşinaga ham navbat — hamma joyda korrupsiyaga barham beradi.
Endi unday gaplar bölmaydi. Biror kişi kelib murojaat qilsa-yu, unga ma'lumotnoma berilmadimi — prezident qabulxonasiga keladi. Toşkentdagi rahbarni darrov işdan olib taşlayman. Mana, köryapsiz yangi kadrlar qöymoqdamiz, ikki yildan keyin ular zör işlaydi. Men ularga işonaman».
Tadbirkorlar haqida
«Tadbirkorlik Özbekistonda nega rivojlanmayapti? Gaz bor, elektr bor, mahsulot bor. Bunga özimiz — davlat idoralari yöl qöymayapmiz. Heç kimga kerak bölmagan tartiblar saqlab qolinmoqda. Joylarda amaldorlar faqat öz manfaatini öylamoqda. Çerçill şunday degan: Ba'zilar tadbirkorlar deganda soğin sigirni, faqat sanoqlilar oğir aravani tortayotgan mehnatkaş otni tuşunadi.
Tadbirkorlik sub'yektlarini tekşirişni 2 yilga töxtatiş taklif qilindi
Tadbirkorlar bilan endi prokuratura işlaydi. Ularni eşitadi, qonuniy yordam beradi, huquqlarini işonçli himoya qiladi. Kimnidir nazorati ostida degan gaplar endi yöq. U köpriklar kuyib ketib bölgan. Nopok tadbirkorlarga ham murosasiz munosabatda böliş lozim.
Tekşirişlar ötkazişga ruxsat berişning maxsus elektron axborot tizimiga ötiş va uning nazoratini Boş prokuraturaga yuklaş maqsadga muvofiq. Şuningdek, barça tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşirişni 2 yil muddatga töxtatsak, nima deysizlar?» —degan prezident.
Töliq video (YouTube)












