Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan bajarilgan işlarda kamçilik va muammolar aniqlangan. Bu haqda parlament yiğilişida deputat Anvar Temirov aytib ötdi.

“Vazirlikning asosiy funksiyasi aholini iş bilan band qiliş, kambağallikdan olib çiqiş böladi. Hisobotda keltirilgan raqamlar buning aksini körsatyapti. Kasb-hunarga örgatadigan mono-markazlarda öqitilgan fuqarolarning 74 ming nafarga yaqini (30 foizi) iş bilan ta’minlanmasdan qolgan. Bundan taşqari, budjet mablağlari samarasiz maqsadlarga sarflangan. Aholi öqitilyapti-yu, lekin iş bilan ta’minlamay qolyapti yoki bölmasa kerakli kasbga örgatilmayapti. Buning eng qiziq joy şundaki, ba’zi tumanlardagi markazlar rejani töldiriş bilan band. Aksinça, bular kasbga örgatiş va iş bilan ta’minlaşni maqsad qilişi kerak. Reja töldiriş uçun davlat budjetidan pul sarflamaslik zarur. Nega vazirlik özining eng quyi qatlamigaça islohotni töliq yetkazib bormagan? Vazirlik reja töldiriş bilan ovora bölsa, ertaga aholi oldida davlat rahbari olib borayotgan islohotlariga teskari yondaşuv bölib qolişidan qörqmaydimi? Nega şunça ajratilayotgan mablağlardan samarasiz foydalanildi, nima uçun şu kungaça buning oldi olinmadi? Ertaga deputatlar hududlarga çiqsa, fuqarolar oldida javobgarligimiz bor, ular savol berganda javob berişimiz kerak”, degan Anvar Temirov.

Bandlik vaziri örinbosari Sirojiddin Boboqulov deputatning savoliga javoban oila uçun tatbiq qilinadigan kasblar rejali öquv dasturidan çiqarilganini bildirdi. 

“Prezidentning 2024 yil 4 oktyabrdagi qaroriga asosan vazirlik huzuridagi kasbiy könikma maktablari soni 75 tadan 65 taga muvofiqlaştirildi. Ötkazilgan tahlillar natijasida 2022, 2023 yillar va 2024 yilning dastlabki olti oyida kasb-hunarga öqitilganlarning 30 foizi bandligi ta’minlanmay qolgan. Ularning asosiy qismini oşpazlik, qandolatçilik va tikuvçilik kasblariga öqitilganlar taşkil qiladi. Işga joylaşmaganlarning aksariyati xotin-qizlar bölgan. Ular orasida turmuşga çiqib köçib ketganlar, uyda bola parvarişi bilan bandlari, olingan könikmalarni daromad keltiruvçi işlarga emas, balki öz oilasi uçun tatbiq qilganlari aniqlandi. Bugungi kunga qadar vazirlik tizimida öqitiş jarayoni yangilandi”, degan vazir örinbosari.

Sirojiddin Boboqulovning qöşimça qilişiça, oila uçun tatbiq qilinadigan kasblar rejali öquv dasturidan çiqarilgan. Uşbu yönalişlarga faqatgina iş beruvçi talabiga asosan, ya’ni iş joyi aniq bölgandan söng öqitiş boşlanadi.