Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda drama, «Bunyodkor»da yana g‘alaba. Superligada tur o‘yinlari
O‘zbekiston chempionatining 6-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda hali joriy mavsumda mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan uch jamoaning ikkitasi — «Bunyodkor» va «Metallurg» jamoalari o‘zaro ro‘baru kelishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim gollarga boy bo‘ldi. «Bunyodkor»chilar Shahzodbek Nurmatov, Sardor Sobirxo‘jayev va Javlon Ibrohimovning goliga Shahzod Shaymanov penaltidan kiritgan goli bilan javob qaytara oldi, xolos. Natijada bekobodliklar ilk marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Bunyodkor» hisobidagi ochkolar soni 16taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib oldi. Jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Paxtakor»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Metallurg» esa ilk mag‘lubiyat tufayli 9 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Jizzaxda bo‘lib o‘tdi va unda muxlislar haqiqiy drama guvohiga aylanishdi.
«Navbahor»ni o‘z uyida qabul qilgan «So‘g‘diyona» birinchi bo‘limda Zohir Pirimov va Azizbek Turg‘unboyev tomonidan kiritilgan gollardan keyin 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera boshlagandi. Ammo mezbonlar o‘yin tugashiga 10 daqiqadan ko‘proq vaqt qolganda o‘ziga kelishdi va super iroda namoyish etib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Jahongir Abdumo‘minov, Dilmurod Karimov va Izzatilla Abdullayev tomonidan kiritilgan gollar Sergey Lushchanga superligadagi debyut uchrashuvida g‘alaba tortiq qildi.
Chempionatda dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritgan «So‘g‘diyona» 4 ochko to‘plab 10 o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Navbahor» 8 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
«Bunyodkor» – «Metallurg» 3:1 (0:0)
Gollar: Shahzodbek Nurmatov (56), Sardor Sobirxo‘jayev (67), Javlon Ibrohimov (85) – Shahzod Shaymanov (82, penalti).
«Bunyodkor»: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 6. Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzodbek Nurmatov (99. Filip Rayevats, 79), 11. Murodjon Toshmatov, 13. Sanjar Qodirqulov (28. Davron Umirov, 63), 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov (15. Farrux Ikromov, 87).
«Metallurg»: 1. Zafar Safayev, 5. Abbos Otaxonov, 8. Shahzod Shaymanov (15. Zoxid Abdullayev, 86), 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov (90. Zafar To‘rayev, 73), 16. Jasur Hasanov, 37. Sherzod Fayziyev, 55. Akbar Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev (7. Suhrob Nurilloyev, 60), 88. Abror Husinov, 91. Pavel Smolyachenko.
«So‘g‘diyona» – «Navbahor» 3:2 (0:2)
Gollar: Jahongir Abdumo‘minov (78), Dilmurod Karimov (80), Izzatilla Abdullayev (90+3) — Zohir Pirimov (3), Azizbek Turg‘unboyev (38).
«So‘g‘diyona»: 23. Dilshod Hamroyev, 3. Azamat Isroilov, 4. Elyor Orifov, 5. Farhod Mirahmatov (77. Izzatilla Abdullayev, 41), 6. Dilmurod Karimov, 9. Sardor Azimov, 10. Shohruz Norxonov, 26. Akmal Xolmurodov (2. Sardor Qulmatov, 76), 31. Jahongir Abdumo‘minov, 33. Tohir Shamsitdinov, 99. Nurillo To‘xtasinov (19. Alisher Ziyovutdinov, 55).
«Navbahor»: 1. Botirali Ergashev, 6. Oston O‘runov, 8. Ayubxon No‘'monov, 10. Azizbek Turg‘unboyev, 11. Zohir Pirimov (32. Jahongir Mehmonov, 74), 15. Azamat Allaniyozov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A'zam Aliyev, 24. Davron Hoshimov, 33. Tomislav Payovich, 44. Darko Stanoyevich.
Ogohlantirishlar: Tomislav Payovich (13), Davron Hoshimov (58).
Mavzuga oid
15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
17:06 / 31.07.2023
Boshkovich sobiq klubini yengdi, rossiyalik murabbiyda omadsiz debyut – fotojamlanma
18:58 / 26.01.2023