Jahon | 20:07 / 20.01.2026
10453
2 daqiqa o‘qiladi

«Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga chiqmoqda» – Makron Davos forumida Amerikaga qarshi nutq so‘zladi

Fransiya prezidenti AQShni Yevropani zaiflashtirishga va bo‘ysundirishga harakat qilishda ayblagan.

Foto: Ludovic MARIN / AFP / Scanpix / LETA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Grenlandiya tufayli Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi fonida Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zladi. Quyida uning nutqi mazmuni qisqacha keltiriladi.

Biz qoidalarsiz dunyo tomon ketyapmiz. Mojarolar odatiy holga aylandi. 2024 yilda dunyoda 60 dan ortiq urush bo‘lgan – bu mutlaq rekord. Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga chiqmoqda. Yagona qonun – kuchlilar qonuni bo‘lib qoldi. Hamkorlik o‘z o‘rnini raqobatga bo‘shatib berdi. Fransiya va Yevropa hududiy suverenitet va mustaqillik tamoyillariga sodiqdir. Bu zamondan orqada qolish emas – bu Ikkinchi jahon urushi saboqlarini unutmaslikdir. AQSh tomonidan majburan joriy etilgan savdo kelishuvlari Yevropani zaiflashtirish va bo‘ysundirishga qaratilgan. Bojlar suverenitetga bosim o‘tkazish vositasi sifatida qo‘llanmoqda. Bunga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz himoyalanishimiz kerak – va bunday mexanizmlar bizda bor. Bugun yevropaliklar juda soddalik qilishmoqda: boshqa mamlakatlar teng raqobat shartlariga rioya qilmayotgan paytda faqat biz o‘z kompaniyalarimiz va bozorlarimizni himoya qilmayapmiz.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid