O‘zbekiston | 22:47 / 12.02.2019
7943
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilga borib to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 7 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2025 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlaydi:

·       kompleks yondashuv asosida xomashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda qo‘llab-quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, to‘qimachilik mahsulotlarini sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilish;

·       ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qo‘shimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish;

·       respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025 yilga borib to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.

Shuningdek, Prezident qarori bilan 2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat'i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda. adi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid