09:01 / 17.03.2022
6291

Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingani yuzasidan ikkita vazirlik o‘rganish ishlarini boshladi

Foto: Kun.uz

Kecha Kun.uz saytida Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Mehnat vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maxsus tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham o‘z munosabatini bildirgan. Vazirlik holat to‘liq o‘rganilib, natijasi haqida batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Top