O‘zbekiston | 10:24 / 02.12.2017
8389
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi PF-4966-son “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 21 dekabrdagi 304-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166, 2010 yil 21 dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 6-bandining ikkinchi xatboshisidan “, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining” degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi.

3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” - “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta'minlaydi.

4. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Mavzuga oid