Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi loyihani yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanishi sharti bilan tasdiqlagan.
Foto: mytashkent.uz
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 9 aprelda o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga kiruvchi bir qator tarixiy obektlarga oid ta’mirlash-tiklash loyihalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Mo‘yi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillashayx masjidlari bo‘yicha taqdim etilgan restavratsiya loyihalari kengash a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullangan.
Ta’kidlanishicha, loyihalarda yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanishi va devor tagi to‘shamasi maxsus obi g‘isht — 250×250×50 o‘lchamdagi xumdonda pishirilgan musulmon g‘ishtidan foydalanish sharti bilan tasdiqlangan.
Mazkur ishlar bo‘yicha ijro va nazorat Madaniy meros agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va «Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasiga yuklatilgan.
Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Qiziltepa tarixiy muzeyini ta’mirlash va Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan Manak ota ziyoratgohida maqbara hamda yordamchi binolar qurish loyihalari ham Kengash tomonidan ma’qullangan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026