Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: Jizzax viloyatida ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi
O‘zbekiston prezidenti Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatda ta'kidlanganidek, Jizzax viloyatining aholi punktlarida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha vaziyat – mamlakat bo‘ylab eng yomon holatda. Ularning yarmidan ko‘pi markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan qamrab olinmagan. Mavjud suv olish inshootlarining aksariyati o‘tgan asrning 70-80-yillarida qurilgan va eskirib ketganligi sababli ularning quvvati uch barobarga qisqargan.
Zararsizlantiruvchi vositalarning yetishmasligi tufayli Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzaxda ichimlik suvining ifloslanishi yuqori darajada.
Viloyatda bir necha yil ichida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashning zamonaviy tizimi paydo bo‘lishi kerak. Shu maqsadda prezident «Jizzax viloyatida ichimlik suv ta'minoti tizimini Zarafshon daryosi suvlaridan foydalanish hisobidan yaxshilash» loyihasini tasdiqladi.
Suv chiqarish inshooti, suvni tozalash stansiyasi, suv chiqarish inshootidan suvni tozalash stansiyasigacha suv o‘tkazgich (16 km), suv tozalash inshootlaridan magistral suv o‘tkazgich (20 km), «Jizzax» suv taqsimlovchi uzeli, magistral va suv keltiruvchi suv o‘tkazgichni qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
16:08 / 10.01.2026
O‘zbekistonlik olimlar suvni tozalashga qaratilgan yangi yechimni taqdim etdi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
12:37 / 19.12.2025