Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:02 / 22.09.2021
5458
1 daqiqa o‘qiladi
Chet tili bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega o‘qituvchilarga sentyabrdan to‘lovlar amalga oshiriladi
Chet tili bo‘yicha kamida S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega o‘qituvchilarga sentyabrdan to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, XTV tomonidan chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha rag‘batlantirish amalga oshiriladi.
Bunda:
- chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi;
- ushbu sertifikatga ega o‘qituvchilar uchun har oylik belgilanadigan ustamalar 2021/2022 o‘quv yili bo‘yicha tarifikatsiya ro‘yxatlarida ajratilgan dars soatlaridan kelib chiqib nazarda tutiladi.
- Ta'kidlanishicha, shunday sertifikatga ega o‘qituvchilarga joriy yilning sentabr oyini ham inobatga olgan holda tegishli to‘lovlar amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
17:49 / 19.05.2026