O‘zbekiston | 14:10 / 04.06.2018
7632
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta ekologik toza texnologiyalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Foto: Dreamstime

2018 yilning 5 iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi doirasida, O‘zbekistonda birinchi marta Green Ecology Technologies Central Asia – GETCA-2018 ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi va ekologik toza texnologiyalar biznes-forumi ochiladi.

Biznes-forum Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Kongress-service hamkorligida tashkil etilmoqda. Unga Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Germaniya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya, Latviya va Shveytsariya diplomatik korpusi vakillari jalb etildi.

Biznes-forum atrof-muhitni yaxshilash va mintaqaning barqaror rivojlanishi bo‘yicha fikr almashish, xalqaro hamjamiyatning Markaziy Osiyo davlatlaridagi eng dolzarb vazifalarga yechim topishga e'tibor hamda texnik ko‘magini jalb etishga yordam berishi mo‘ljallanmoqda.

Ekologik toza texnologiyalarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi O‘zbekistonda birinchi shunday hodisa bo‘lib, u ekologik toza uskunalar va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari hamda mutaxassislarini birlashtiradi. 

Ko‘rgazmada Armaniston, Vengriya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya, Latviya va Shveytsariyadan bo‘lgan, yashil texnologiyalar sohasidagi 40dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid