Surxondaryoda böriga şafqatsiz munosabatda bölib, uning ölimiga sabab bölgan fuqaroga çora körildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar börini uşlab, unga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölayotgani aks etgan videotasvirlar tarqalgaç, boşqarma tomonidan holat yuzasidan tezkor örganiş işlari olib borilgan.

Örganiş jarayonida aniqlanişiça, holat 2025 yil 10 dekabr kuni Uzun tumani Beşkapa mahallasi hududida sodir bölgan. Fuqaro M.I. öziga tegişli bölgan qöylarni adirlik hududda ötlatib yurgan vaqtida böri hujumiga uçragan. Fuqaro çorva mollarining bir qismini himoya qiliş, asrab qoliş maqsadida börini ta’qib qilganini, oqibatda böri nobud bölganini yozma tuşuntiriş xatida bayon etgan.

Fuqaroning harakatlari oqibatida «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunining 33-moddasi talablari buzilgani aniqlanib, mazkur qonunning 53-moddasiga muvofiq javobgarlik çoralari belgilangan.

Fuqaro M.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş) 1-qismi asosida BHMning 20 baravari – 8 million 240 ming söm miqdorida ma’muriy jarima qöllangan.

Ekologiya boşqarmasi böri «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonuni bilan muhofaza qilinadigan yovvoyi hayvon turlaridan biri hisoblanişi, unga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş, qiynoqqa soliş yoki noqonuniy harakatlarni amalga oşiriş amaldagi qonunçilikka zid bölib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişini eslatgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi aholini tabiatga, ayniqsa yovvoyi hayvonlarga nisbatan mehr-şafqatli bölişga, ekologik qonunçilik talablariga qat’iy rioya etişga hamda bunday holatlar yuzasidan xulosa çiqarişda faqat rasmiy manbalarga tayanişga çaqirgan.