Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston universitetida kontrakt narxi qariyb 50 mln so‘m bo‘ladi
Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qish uchun to‘lov-shartnoma qiymati e'lon qilindi.
Foto: newuzbekistanuniversity.uz/
Universitet rasmiy saytida yozilishicha, kontrakt narxi 1 semestr uchun:
- mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m;
- xorijiy talabalarga 5 ming dollar etib belgilangan.
Yangi oliygohga bu yil 300 nafar talaba qabul qilinadi.
Qabul imtihonlarini Angliyaning Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari AQShning Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Universitetda muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
10:01 / 26.10.2025
Yangi O‘zbekiston universitetida Sun’iy intellekt klasteri ishga tushiriladi
08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
10:30 / 31.05.2025