Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad mamlakatdagi oliy bilim yurtlarining xalqaro reytinglardagi örinlarini mustahkamlaş, nufuzli taşkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, milliy oliy ta’lim tizimini yanada barqaror rivojlanişida global reytinglar va ularning mezonlarini bosqiçma-bosqiç joriy etişdan iborat böldi.

Muloqot çoğida Nunsio Kvakkarelli Quacquarelli Symonds–QS taşkilotining şakllanişi, faoliyati va uning ustuvor vazifalari töğrisida sözlab berdi.

Uning aytişiça, sönggi yillarda Özbekiston oliy ta’lim tizimida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Mamlakatda oliy ta’lim muassasalarining akademik standartlarini yuksaltiriş va xalqaro reytinglarda iştirokini kuçaytirişga alohida e’tibor qaratilyapti. Uşbu sa’y-harakatlar Özbekistonni Markaziy Osiyoda oliy ta’lim oliş uçun eng qulay va muhim bölgan yirik manzil sifatidagi ahamiyatini mustahkamlaşga qaratilgan.

Britaniya tomoni Özbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng nufuzli oliy bilim yurtlari qatoridan joy egallaganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi. Jumladan, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (469-örin), Özbekiston milliy universiteti, Toşkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkent davlat transport universiteti va Toşkent axborot texnologiyalari universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari QS World University Rankings 2026 reytinglarida qayd etilgan.

Şuningdek, ta’lim sohasida Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda respublika universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini jadallaştirişga tayyor ekanini bildirdi.

QS 1990 yilda Nunsio Kvakkarelli tomonidan ta’sis etilgan. U oliy ta’lim taşkilotlarining xalqaro reytinglari va tahlili böyiça dunyoning eng nufuzli taşkiloti hisoblanadi. Muassasaning 800 nafar (dunyo böylab) ekspertlari tomonidan jahonning 6950 ta universitetlarining xalqaro reytinglari tahlili olib boriladi. Mazkur taşkilotning boş ofisi Londonda joylaşgan.