Unga köra, ixtisoslaştirilgan maktablarni kimyo-muhandislik ta’lim yönalişi asosida tamomlagan va “Yangi Özbekiston” universitetining Kimyo va materialşunoslik muhandisligi yönalişiga qabul qilingan 10 nafar iqtidorli yoşning kontrakt tölovlari töliq “Özkimyosanoat” tomonidan qoplab beriladi va uşbu talabalar uçun ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganidan söng sohaviy taşkilotlarda iş bilan ta’minlaniş kafolatlanadi.

Loyihalar paketining yana bir muhim jihati — 10 nafar saralangan talaba dunyoning yetakçi oliygohlaridan biri — Pekin universitetida öquv kurslarida qatnaşiş imkoniga ega böladi. Ular uçun barça ta’lim va yaşaş xarajatlari “Özkimyosanoat” hisobidan qoplanadi.

Kimyo va materialşunoslik muhandisligi yönalişidagi 2-4-bosqiç talabalari kimyo sanoatining yetakçi korxonalarida maoşli işlab çiqariş amaliyotidan ötadi. Bu orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitiş imkoniga ega böladi.

Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar yönalişidagi magistratura talabalari uçun ham imkoniyatlar yaratildi. Xususan, 10 nafar magistrantning kontrakt tölovlari “Özkimyosanoat” hisobidan qoplanadi.

Şu bilan birga, kimyo sanoatidagi “Mega” ilmiy-tadqiqot loyihasi orqali talabalarning eng yaxşi ilmiy ğoyalari moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi.

Uşbu taşabbuslar 2025/2026 öquv yilidan boşlab amalga oşiriladi. Hozirda “Yangi Özbekiston” universitetiga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida