Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Turkiyadan zarba beruvchi dronlar sotib oladi
Foto: Daily Sabah
Ukraina Turkiyadan Bayraktar TB2 zarba beruvchi harbiy dronlarni sotib oladi. Bu haqda «112 Ukraina» mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga asoslangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, «Ukrspetseksport» davlat shirkati turkiyalik hamkorlar bilan tegishli bitimni imzolagan.
«Bu operativ-taktik darajadagi zarba beruvchi eng yangi uchuvchisiz uchar qurilmalar. Ular o‘zidagi yuqori texnologiyali xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda, zirhli texnika, muhandislik va fortifikatsion inshootlar, shuningdek, dengizdagi nishonlarni yo‘q qilish uchun zamonaviy yuqori aniqlikdagi raketalar bilan jihozlanishi mumkin», - deya ma'lum qildi Poroshenko.
Uning qayd etishicha, Ukraina-Turkiya hamkorligi Kiyevning NATOga a'zo bo‘lish borasidagi strategik yo‘nalishiga mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general mamlakat NATOga qachon a'zo bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
12:49 / 30.01.2026
Berlin ballistikaga qarshi yangi sun’iy yo‘ldosh dasturini boshlamoqda
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026