Jahon | 07:42 / 24.02.2018
7068
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron bilan kelishuvni “rasvo” deb atadi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvni bir tomonlama, uni tuzgan sobiq davlat kotibi Jon Kerrini esa o‘zi uchratgan eng yomon muzokarachi deb atadi.

“Bu rasvo bitim bo‘lgan. Siz hech qachon sizni hurmat qilmagan mamlakatga 150 mln dollar berasiz, deb kim ham o‘ylabdi? Kerri, ehtimol, men qachondir uchratgan eng yomon muzokarachi bo‘lsa kerak”, deb aygan Tramp Vashingtonda konservatorlar anjumanidagi nutqida.  

2017 yil oktabrda Tramp kongressga Eron yadroviy kelishuvga amal qilayotganini rasman tasdiqlashdan bosh tortgan, biroq Eron tomonidan bu kelishuvlarga amal qilinishi bo‘yicha xalqaro darajada bahslashmagan. Tramp Oq uy kelishuvning “jiddiy kamchiliklari” ustida kongress bilan ishlashini ma'lum qilgan. U, shuningdek, agar kongress bilan birgalikda bitimni to‘g‘rilashning imkoni bo‘lmasa, unda u bekor qilinishi bilan tahdid qilgan. 

Eron va xalqaro vositachilar oltiligi 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga soluvchi xalqaro kelishuvga kelgan: qo‘shma harakatlar dasturi qabul qilingan, uning Eron tomonidan bajarilishi unga qo‘yilgan sanksiyalarning olinishini ta'minlagan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid