Davlat rahbari tadbir boşida koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyatga töxtalib ötgan. Jumladan, oxirgi bir oyda barça hududlarda davolaş örinlari va nafas beriş apparatlari soni bir neça barobar köpaytirilgani, muolaja qiliş usullari yangilangani hamda tez tibbiy yordam xizmati kuçaytirilgani qayd etilgan. Bularning natijasida mamlakat böyiça koronavirusdan soğayiş körsatkiçi 59 foizdan 77 foizga yetgan, virus yuqtirganlar soni 32 mingdan oşgan bölsa-da, ularning 25 mingdan ziyodi soğaygan, 7 ming bemor davolanmoqda.

«Har bir fuqaromiz soğliği va hayoti uçun kuraşni yanada kuçaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror işlaşini ta'minlaş, aholining yaşaş şaroitini yengillaştiriş maqsadida karantin talablarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş zarur. Xalqimizning özi şuni iltimos qilmoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuni hisobga olib, 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurişi, mahalliy avia va temir yöl qatnovi uçun ruxsat beriş kerakligi aytildi.
Sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, gözallik salonlari, sartaroşxonalar, oçiq havoda xizmat körsatadigan umumiy ovqatlaniş obektlari faoliyati ham tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kişilik oilaviy marosimlar ötkaziş mumkin böladi.
17 avgustdan hududlar örtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan taşqari) va şahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanişi belgilandi.
20 avgustdan buyum va quriliş mahsulotlari bozorlari, yirik savdo dökonlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar işlay boşlaydi.
Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi böyiça qanday sanitariya talablariga amal qiliş zarurligini aniq belgilaş vazifasi qöyildi. Epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan davlatlardan kelgan şaxslarni karantiniga oliş va undan çiqariş tartibini yengillaştiriş, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qiliş markazlarini taşkil etiş böyiça topşiriq berildi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet şakllaniş jarayonini monitoring qilib boriş uçun antitanaçalar tahlilini ötkazişni yölga qöyiş kerakligi ta'kidlandi.















