Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ommaviy tadbirlar rejasini shakllantirish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda ularda qatnashishning yaxlit tizimini shakllantirish;
- ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash;
- kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.
Belgilanishicha, kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari buyurtmalariga asosan barcha xizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladi.
Kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar O‘zbekiston respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan, buyurtmachi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
09:50 / 11.10.2024
Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi
18:44 / 07.05.2024
Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi
08:18 / 31.08.2023
Maktablarda yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ rejalar tasdiqlandi
07:41 / 16.08.2023