Vazirlar Mahkamasining “Iqlim özgarişi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini işlab çiqiş hamda samarali amalga oşirişni taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va iqlim özgarişiga çidamlilikni oşiriş böyiça Özbekiston milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • zilzila;
  • yer va toş köçişi;
  • kuçli şamollar;
  • qor köçişi;
  • qurğoqçilik;
  • sel va suv toşqini;
  • tabiiy yonğinlar;
  • tabiiy hodisalar bilan boğliq texnogen xavflar.

Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi – bu tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va iqlim özgarişiga çidamlilikni oşiriş böyiça kompleks çoralarni işlab çiqişdir.

Quyidagilar rejalaştirilmoqda:

  • yangi qonunçilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni işlab çiqiş, uşbu yönalişda mahalliy hokimiyat iştiroki va javobgarligini oşiriş;
  • tabiiy ofatlar xavfini aniqlaş va baholaş, aholining bunday holatlar haqida xabardorligini oşiriş;
  • davlat va xususiy investitsiyalarini jalb etiş; avariyaviy-qutqaruv va boşqa maxsus texnikani işlab çiqarişni DXŞ tamoyillari asosida mahalliylaştiriş va boşqalar.

Milliy harakatlar rejasini amalga oşiriş böyiça 26 ta asosiy çora-tadbirdan iborat “Yöl xarita”si tasdiqlanmoqda.