Özbekiston maktabgaça va maktab ta’limi vaziri tomonidan «Umumiy örta ta’lim muassasalarida 2023-2024-öquv yiliga möljallangan variativ öquv rejalarini tasdiqlaş töğrisida»gi buyruq imzolandi.

Unga köra, 18 ta yönalişda tanlov sinflari taşkil etiş tavsiya etiladi. Tanlov sinfi umumiy örta ta’lim muassasasida mavjud 7-11-sinflar öquvçilari kontingenti hisobidan ixtiyoriy ravişda taşkil etiladi.

Umumiy örta ta’lim muassasalarida bir neçta yönalişda tanlov sinfi taşkil etilişi mumkin. Bunda, ta’lim muassasasida 7-11-sinflarning biridan bitta sinf mavjud bölgan taqdirda ham tanlov sinfi taşkil etiladi.