Özbekistonda maişiy iste’molçilarining aksariyati joriy etilişi kutilayotgan ijtimoiy normadan oşmagan miqdorda energiya ta’minotidan foydalanadi. Bu haqda energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev 12 may kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Tabaqalaştirilgan tariflarni joriy qilişimiz xudo xohlasa respublika miqyosida böladi. Test rejimida emas. [Tizim] töliq işga tuşiriladi. Barça hududlar uçun yagona tarif siyosati saqlanib qoladi.

Hozirgi vaqtda aytişim mumkinki, aksariyat iste’molçilarning iste’mol hajmi oşirilgan tarifga emas, balki bazaviy tarifga töğri keladi”, – dedi Xöjayev.

Vazir örinbosari norma doirasidagi kvotalar miqdori qançaligi va tabaqalaşgan tariflar qaçondan joriy qilinişini oçiqlamadi. Qayd etiş lozim, energiya iste’molida ijtimoiy norma kiritiş 2022 yilgi davlat dasturiga kiritilgan.

Eslatib ötamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy normasi böyiça 2019-2020 yillarda Toşkentning Yunusobod tumanida eksperiment ötkazilgan edi. Tajriba tariqasidagi aholi iste’molçi uçun bazaviy norma quyidagiça belgilangandi:

  • elektr energiyasi böyiça: oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
  • tabiiy gaz böyiça: isitiş mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yaşaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m; boşqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Eksperiment doirasida yuqoridagi kvotadan ortiq işlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun bazaviy tarifga nisbatan 20 foiz oşirilgan miqdorda narxlar belgilangandi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz tannarxidan sezilarli past narxlarda uy xöjaliklariga yetkazib beriladi, örtadagi farq davlat budjetidan subsidiya ajratiş tarzida qoplanadi.

Iqtisodçilarga köra, bunday subsidiyalaş tizimi ijtimoiy adolat mezonlariga zid. Çunki subsidiyalar barça uçun birdek tölanadi, amalda esa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bölmagan kam sonli öziga töq qatlami boşqalarga nisbatan sezilarli köp energiya iste’mol qiladi, şu sabab subsidiyalardan ança köproq foydalanadi.