10 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda energetika sohasini erkinlaştiriş yana ortga surilişi mumkinligiga oid xavotirlar paydo böldi. Iqtisodçi Otabek Bakirovga köra, pandemiya sababli keçiktirilgan islohotga endilikda Rossiya–Ukraina uruşining oqibatlari tösiq bölişi mumkin.
Bakirov rasmiylar bu mavzuni kun tartibiga olib çiqmay qöygani, “hamma jim bölib ketgani”ni ta’kidlagan. Şuningdek, davlat korxonalari orasida eng köp zarar bilan işlayotgan 10ta korxonadan 7tasi bevosita yoki bilvosita energetika bilan boğliqligini qayd etgan.

“Soha korxonalari qiyofasida biz energetika sohasiga bozor kirib bormagani uçun juda katta tovon tölamoqdamiz va bu tovon summasi yildan yilga oşib bormoqda. Raqamlarda aks etmagan ziyonni-ku heç bir qiymat bilan ölçab bölmaydi”, – deya yozadi Otabek Bakirov.
Mazkur postni Harvard universiteti doktoranti, iqtisodçi Botir Qobilov hamda taniqli Davletovuz Telegram-kanali ham öz sahifalarida ulaşdi.
Uzoq kutilgan hujjat qaçon tayyor böladi?
Özbekistonda energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlari (ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda) erkinlaştirilişi kerak. Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022 yilgi davlat dasturida belgilangan.
Dasturga binoan, 2022 yil aprelgaça bu borada prezident qarori loyihasi işlab çiqilişi közda tutilgan. Loyihada quyidagilar nazarda tutilişi kerak:
- energetika sohasida soğlom raqobat muhitini rivojlantiriş;
- barça iştirokçilarga teng imkoniyatlar beriş;











