Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston hududida qum bo‘roni kutilmayapti»: «O‘zgidromet» internetda tarqalgan xabarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmanistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilayotgani va bu hodisa O‘zbekiston hududiga ham tarqalishi to‘g‘risida xabar e'lon qilindi.
Foto: KUN.UZ
«O‘zgidromet» ushbu xabarga munosabat bildirib, O‘zbekiston hududida qum bo‘roni kutilmayotganini bildirdi.
Aytilishicha, 2 may kuni respublikada ob-havoning beqaror bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ba'zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metr, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 09.01.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026