Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haqiqiy qish havosi
Yanvar oyining uchunchi o‘n kunligi sovuqroq va namgarchiliklarga boy o‘tishi kutilmoqda. 22 yanvar kuni navbatdagi qorlarning guvohi bo‘lamiz. Andijon va Namanganda ham yerlarni oqartiruvchi qor yog‘ishi kutilmoqda.
Sibir antitsiklonining bir chekkasi yanvarning uchinchi o‘n kunligi uchun mintaqa ob-havosini belgilab, bu kabi pozitsiyada shakllangan atmosfera jarayoni O‘zbekiston uchun yanvarning uchinchi dekadasi biroz sovuq va namgarchil o‘tishini ta’minlaydi.
Yanvarning uchinchi o‘n kunligida katta qishloq xo‘jaligi yer maydonlari haqiqiy qishki tinim davriga kiradi. Ko‘plab hududlarda sutkalik havo harorati nol darajadan pasayishi ko‘p kuzatiladi. Tungi muddatlarda ayrim davrlarda harorat minimumi -10 daraja sovuqdan ham pastlaydi.
Yanvarning uchinchi dekadasida ikkita nam havo oqimi mintaqaga kirib kelishi mumkin. Birinchi namlik 21-22 yanvar kunlari, ikkinchi namlik 26-27 yanvar sanaliriga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu kunlarda hududlarda ko‘proq qor hodisasi kuzatiladi. Asosiy qorlar 22 yanvar kuni kuzitilishi oydinlashmoqda
Mavzuga oid
12:24 / 12.01.2026
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026