Jamiyat | 11:28 / 14.02.2017
12130
3 daqiqa o‘qiladi

Maktabda ota-onalardan bola shug‘ullanadigan joy suratini taqdim etish so‘ralmoqda. Nega?!

Foto: O‘zA

Maktab o‘qituvchilarining internet orqali bolaning uyda qanday shug‘ullanishi tasvirlangan bir necha fotosuratlarni yuborish haqidagi iltimosi ota-onalarning biroz tushunmovchiligiga sabab bo‘ldi. Ba'zilar bir necha kadrlar olib, Telegram orqali sinf rahbariga yuborishga rozi bo‘lishgan bo‘lsa, boshqalar bu iltimosni shaxsiy hayotga aralashuv, deb qabul qilishdi.

Xalq ta'limi vazirligining aniqlik kiritishicha, o‘qituvchilarning maktab o‘quvchisi uyidagi dars tayyorlaydigan joy suratini taqdim etish haqidagi iltimosi faqatgina ijobiy maqsadni nazarda tutgan. Shu tariqa sinf rahbarlari bolaning shug‘ullanishi uchun sharoitlar bo‘lmagan oilalarni aniqlamoqchi ekan. Ya'ni, balki bolada yozuv stoli yo‘qdir yoki stul, kerakli o‘quv darsliklari va kantselyariya anjomlari yetishmovchiligi kuzatilayotgandir...

"O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarining yashash sharoitlarini ko‘ngilli tartibda so‘rovdan o‘tkazmoqda. Ular ota-onalardan bola shug‘ullanadigan joy suratini taqdim etishni so‘rashmoqda. Albatta, hech kim hech kimni majburlamaydi. Agarda ota-onalar bu ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qabul qilishsa, ular o‘qituvchiga suratlarni bermaslikka haqlari bor. Biroq bunday tadbirlar yordamga muhtoj bolalarni aniqlash va ular uchun manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda", - deya aniqlik kiritishgan Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatida.

Vazirlikda ta'kidlashlaricha, muhtojlarga manzilli yordam Prezident tomonidan qabul qilingan mamlakatni rivojlantirish Strategiyasida ham nazarda tutilgan. Shu tariqa, yashash va dars qilish sharoiti yaxshi bo‘lmagan bolalarni aniqlagan o‘qituvchilar ro‘yxatni tuman hokimiyatlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga beriladi. Keyinchalik esa bu bolalar va ularning oilasiga qanday qilib yordam berish masalasi hal etiladi.

Ta'kidlanishicha, fotosuratlarni taqdim etish ko‘ngilli asosda ro‘y berishi kerak. Agarda ta'lim muassasasi vakillari bolalar yoki ota-onalarga bosim o‘tkazsa, ular Xalq ta'limi vazirligining 1006 raqamli ishonch telefoniga yoki vazirning Virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga oid