Toşkent öz metrosiga ega oz sonli şaharlardan biridir. 1977 yilda işga tuşgan bu tizim öziga xos yangilik, şahar taraqqiyotida muhim qadam bölgan. Ammo Toşkent metropoliteni uzoq vaqt turğunlik davrini boşdan keçirdi, rivojlanmadi, yölovçilar soni muntazam kamayib borgan yillar böldi.

Toşkent metrosini özgartiriş borasida yangi rejalar e'lon qilinib, uning Yunusobod, Qöyliq, Sergeli massivlarigaça tölaqonli yetib borişi haqida gapirilganida, köpçilik işonmagani bor gap. Ammo qat'iy iroda, tunu-kun mehnat, zarur mablağ va poytaxt hayotiga daxldorlik hissi öz samarasini berdi. Keçagina Yunusobod va Qöyliqni zabt etgan metro poyezdlari bugun Sergeliga ham ravon borib kelayapti.

Umuman, metro haqida gap ketganda aksariyatimiz qulay, arzon, ekologik toza transportni tuşunamiz va uning avtomobil yöllaridagi tirbandliklarni kamaytirişini e'tirof etamiz. Poytaxtliklar va mehmonlar juda yaxşi biladilarki, aynan tirbandlik masalasi Sergelida sönggi yillarda nihoyatda keskinlaşdi. Şahar bilan boğlovçi 4-5 kilometrli yölga bir soatlab vaqt sarflaş (ya'ni amalda piyoda tezligida yuriş) odatiy holga aylandiki, bu haydovçilarning asabiy fikrlariga, asosli e'tirozlariga sabab böldi.