Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda metro uzunligi 103 kilometrga, "parkovka" o‘rinlari 150 mingtaga yetkaziladi
Prezident qaroriga muvofiq, 2030 yilga qadar Toshkent metropoliteni tarmog‘i uzunligi 103 kilometrga yetkaziladi, poytaxtda transport vositalari uchun 150 mingta o‘ringa ega to‘xtab turish joylari barpo etiladi. Hujjat jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish va tirbandliklarni kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida prezidentning “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–368-son, 4 dekabr 2025 yil) qabul qilindi. Hujjat bilan poytaxt transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, Toshkentda:
aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatgacha oshirish;
transport vositalari uchun 150 mingta o‘ringa ega to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kilometrga yetkazish rejalashtirilgan.
Hujjatga binoan, poytaxtda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
zamonaviy raqamli va «yashil» texnologiyalarni qo‘llagan holda transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish;
Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish;
hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llari, avtobus va metro bosh bekatlari kesishmalarida transport vositalari uchun ko‘p qavatli parkovkalar barpo etish;
yerusti metro liniyalari va yo‘l o‘tkazgichlari ostida xavfsizlik talablariga muvofiq to‘xtab turish joylarini tashkil etish.
Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar jamoat transporti ulushini oshirish, yo‘llarning o‘tkazuvchanligini yaxshilash va poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun harakatlanishni yanada qulay qilishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026