O‘zbekiston | 22:03 / 25.10.2019
157785
1 daqiqa o‘qiladi

«Volga»dan «Mersedes»gacha. Islom Karimov qanday avtomobillarda yurgan?

Foto: O‘zA

Islom Karimov bu avtomobillardan 1989-2016 yillarda foydalangan.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasida Islom Karimov foydalangan avtomobillar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

O‘zA axborot agentligining ma'lumot berishicha, Islom Karimov bu avtomobillardan 1989-2016 yillarda foydalangan. Ko‘rgazmaga bir nechta avtomobil qo‘yilgan.

Agentlikning qayd etishicha, ko‘rgazmaga xohlovchilar tashrif buyurishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasi 2017 yil 25 aprelda ochilgan. Majmua muzey, ilmiy-tadqiqot va ma'rifiy markaz, kutubxona va o‘quv zali hamda anjumanlar zalini o‘z ichiga olgan.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid