Dorixonalarning avtomobillari maxsus ruxsatnoma olishi shart emas – DXA
Mulkchilik shakli, ya'ni davlat tasarrufidagi yoki xususiy ekanidan qat'i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, jumladan, dorixonalarga tegishli xizmat mashinalari, shuningdek, bu yerda ishlovchilarning shaxsiy avtomobillariga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma'lum qildi.
«Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, jumladan, dorixonalarga tegishli xizmat mashinalari, shuningdek, bu yerda ishlovchilarning shaxsiy avtomobillariga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydi. Bu Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibining 1-ilovasi 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar maxsus ruxsatnoma o‘rniga mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassis Respublika vaqtinchalik tartibga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qanday avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma berilishi haqida ma'lumot berib, karantin talablarining buzilishi va ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtinchalik tartibda ko‘zda tutilmagan boshqa holatlarda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilmaslikni so‘radi.
«Ushbu talablarning barchasi siz va yaqinlaringizning sog‘ligi uchun, yurtimizda ushbu qiyin vaziyatdan imkon qadar tezroq chiqish uchun qilinayotganini tushunishingizni so‘rab qolamiz.
Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid yangiliklarni «Davlat xizmatlari agentligi»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin!», deydi u.
Sevara Zokirovaning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat noto‘g‘ri talqin qilinish holatlari kuzatilmoqda, ya'ni barcha dorixonalar maxsus ruxsatnomasiz yurishlari mumkin degan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
“Vaholanki, Respublika maxsus komissiyasining bayoni bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish uchun belgilangan toifalar jumlasiga oziq-ovqat mahsulotlari (jumladan tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat berilishi ko‘zda nazarda tutilgan.
Shu sababli hurmatli fuqarolarimizdan, asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini va sohaga oid savollar bo‘lgan taqdirda Davlat xizmatlari agentligining 1148 telefoni orqali murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz”, deydi DXA axborot xizmati rahbari.
Mavzuga oid
20:33 / 25.11.2024
Qimmat sotilgan dorilarning puli xaridorlarga qanday qaytarilyapti?
07:08 / 30.08.2024
Yuzlab dorixonalarda dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi
19:12 / 04.07.2024
Retsepsiz beriladigan dorilar va tibbiy buyumlar uchun narx cheklovi olib tashlanadi
09:54 / 06.06.2024