“Dostavşçik” sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomaşinalarga ruxsat olişga ariza berayotgan hamda vijdoni yöq va afsuski, tadbirkor şa'niga katta doğ tuşirayotgan “uddaburon, uçar” tadbirkorlarga.

Har yerda ruxsatnomalarni “sotiş” haqida gapirilmoqda. Buning asosiy sababi nimada?”, deyiladi murojaatda.

Töraxöjayevning ma'lum qilişiça, karantin davrida oziq-ovqat savdosi va umumiy ovqatlaniş korxonalarining yetkazib beriş xizmatlari uçun (kurerlik va “dostavka”) avtotransportlarga maxsus ruxsatnomalar oliş uçun arizalar soni 30000 dan ortiqni taşkil etmoqda.

“E'tiborlisi, aynan mazkur korxonalar tomonidan “premium-klass“ avtotransport vositalariga, şu jumladan, BMW X7, Mercedes, Leksus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker va şunga öxşaş maşinalar uçun ham “kurerlik”ni amalga oşiriş uçun arizalar yuborilmoqda.

Uşbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomaşinalarning haydovçilari kurer sifatida rasmiylaştirilgan iş beruvçining buyruğini taqdim qilmoqda.

Mamlakatimizda hukm surayotgan uşbu oğir kunlarda bunday işlarni amalga oşirişga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yöl qöymoqda ekan?

Aynan uşbu “premium-klass” maşinalar egalari virus tarqatuvçi bölib çiqsa-çi? Mayli, pul uçun hamma narsaga tayyor ekansiz, heç bölmasa, yaqinlaringiz soğligi haqida heç öylab kördingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?

“Premium-klass“ haydovçilari, uşbu mablağni hozirgi şaroitda qiynalib qolgan ehtiyojmand oilalarga sarf etsangiz ruhiyatingiz yengil tortarmidi?

Maxsus ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş uçun Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tinmay mehnat qilmoqda. Bizda har bir hujjatning haqqoniyligiga alohida baho beriş katta qiyinçiliklar tuğdirmoqda.

Bunga asosiy sabablardan biri siz bölmoqdasiz!

Aynan sizdek “hurmatli”lar tufayli haqiqatan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini yetkazib beruvçilar tegişli ruxsatnomasini öz vaqtida ololmayapti!

Balki sizda uyat, vijdon kabi his-tuyğular kamroq, xudbinlik esa köproqdir, lekin sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi prinsipi normalari ham qörqita olmaydimi? Insoniylik his tuyğulari ham şunday vaziyatda uyğonmaydimi?