Turizm | 08:39 / 03.06.2026
4345
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

8 iyundan boshlab Toshkent va Qirg‘izistonning mashhur dam olish maskani - Issiqko‘l o‘rtasida mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar Cho‘lponota shahrigacha amalga oshiriladi.

Uzautotrans Service MChJ ma’lum qilishicha, joriy yilning 8 iyun sanasidan Toshkent – Cho‘lponota (Issiqko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.

Qatnovlar «Toshkent» avtovokzalidan iyun oyining juft kunlarida amalga oshiriladi. Issiqko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa oyning toq kunlariga belgilangan.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish kompaniyaning zamonaviy Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus har safar soat 15:00 da «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun yo‘lovchilar +998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99 va +998 88 666-15-15 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid