«Biz Xöjaobod tumanidan murojaat qilyapmiz. Hozirgi kunda yoşlarimiz örtasida totalizator öyinlariga qiziqiş oşib boryapti. Buning orqasidan oilalarda juda köp köngilsiz holatlar ham röy bermoqda. Yoşlar öqib-örganib, mehnat qiliş örniga qimor öynab bir zumda boyib ketiş, turmuşi qöqqis yaxşilanib ketişini orzu qilayotgani bizni xavotirga solyapti.

Afsuski, Xöjaobod tumani markazidagi buyum bozori va dehqon bozori örtasida ana şunday totalizator öyinini tarğib qilib, yoşlarga uni qanday öynaşni örgatadigan dökon faoliyat yuritib kelmoqda.

1xbet reklamasi tasvirlari tuşirilgan bu dökon yoş va qiziqqon avlodni öziga ohanrabodek tortayotgani bizni xavotirga solyapti.

Axir Özbekistonda qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni tarğib qiliş taqiqlangan emasmi? Qimor qaçondan oçiq-oydin reklama qilinadigan bölib qoldi?

Yana Andijon şahrining qoq markazida Bobur şohköçasida ham xuddi şunday reklamalar ilingan dökonni kördik», – deydi Kun.uz'ga murojaat qilgan bir guruh fuqarolar.

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176-sonli qaroriga asosan, 2007 yil 1 sentyabrdan boşlab Özbekiston hududida qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni (şu jumladan totalizatorlar) taşkil etiş va ötkaziş taqiqlangan.

Biroq, «Özbekistonda futbolni rivojlantirişni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2019 yil 4 dekabrdagi prezident farmonida, sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantiriş, uning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, qöşimça mablağlarni jalb qiliş maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oşirişga ruxsat berilgan.

Farmonda, bukmekerlar daromadidan bir qismini futbolni rivojlantiriş uçun ajratiş lozimligi va uşbu mexanizmni yölga qöyiş böyiça hukumat qarori qabul qilinişi nazarda tutilgandi.

Uşbu mexanizmni belgilovçi Hukumat qarori hozirça qabul qilinmaganini inobatga olsak, hozirça Özbekistonda bukmekerlik bilan şuğullaniş uçun huquqiy asoslar yetarli emas, ya'ni uşbu faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Şu tufayli Andijon viloyatida bukmekerlik faoliyatini yölga qöygan şaxslar aniqlanib, ularga javobgarlik qöllanişi lozim, deb hisoblaymiz.