Andijon viloyati Xöjaobod tumanida 65 yoşli mast fuqaro tomonidan öldirilgan Yuksaliş mahallasi hudud profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev prezident farmoniga asosan «Jasorat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar qildi.

Bugun, 8 iyul kuni Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov boşçiligidagi mutasaddilar Xöjaobod tumani, Yuksaliş mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev onasi va oila a’zolariga hamdardlik bildirib, davlat rahbarining farmoniga asosan vafotidan söng berilgan «Jasorat» medalini topşirdi.

Eslatib ötamiz, 1 iyul kuni Xöjaobod tumanida oila a’zolariga piçoq bilan tahdid qilayotgan 65 yoşli erkak çaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni piçoq bilan jarohatlagandi. IIB xodimi şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan, qotil esa voqea joyidan yaşiringandi.

Qotillik qurboni bölgan profilaktika inspektori sönggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi. Janozada IIB xodimlari saf tortdi hamda osmonga qarata öq ham uzildi.

4 iyul kuni gumonlanuvçi qölga olindi. U tumandagi «Söqoloq» qabristonidagi makkapoya içida yaşirinib yotganligi aniqlangan. Qölga oliş jarayonida u özining qorin qismiga piçoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga olib borilgan.