Oxirgi paytlarda yoşlar orasida sport öyinlariga pul tikiş tendensiyasi tobora ommaviylaşib bormoqda. Bunga ba'zi insonlardagi mehnatga kuç sarflamay, oson pul topişga bölgan kuçli xohiş ham qaysidir ma'noda sabab bölmoqda. Natijada kasb-hunar egallaş, bilim olişga sarf qilinişi kerak bölgan pul, energiya va vaqt keraksiz hamda zararli «qimor» öyini uçun sarflanmoqda.

Bukmeker qimorbozlar örtasida özini göyoki örtakaşlik qilayotgan vositaçidek körsatadi, aslida u öyinçini «azart» sirtmoğiga tuşirib, beçorani uzoq vaqt «soğib» boradi.

Bukmekerlik öyinlari nima sababdan Özbekistonda tez ommaviylaşib ketdi?

E'tibor berib qaraladigan bölsa, totalizator Özbekistonda asosan yoşlar örtasida ommaviylaşib ketayotganini kuzatiş mumkin. Endigina katta hayotga qadam qöyayotgan yoşlar umri davomida bosqiçma-bosqiç erişiladigan muvaffaqiyat va yutuqlarga bir lahzada ega bölişni xohlaşadi.

Bundan taşqari, e'tibor berib qaralsa, bukmekerlik öyinlari, lotereyalar tez ommaviylaşib ketadigan mamlakatlar aholi turmuş darajasi va daromadlari kam bölgan mamlakatlar böladi. Bunga odamlardagi qandaydir «möjizaviy yutuq» orqali hayotining tubdan yaxşilanişiga bölgan kuçli iştiyoq sabab böladi.

Şuningdek, ma'lumotlarga köra, totalizator bilan şuğullanuvçi kompaniyalar butun dunyoda marketing va reklamaga Coca-Cola va Pepsi’dan keyin eng köp mablağ sarf qiladigan taşkilotlar hisoblanadi. Natijada hozirda har qaysi ijtimoiy tarmoqlarda bukmekerlik taşkilotlarining taşviqotlarini kuzatiş mumkin.

Tavakkalçilikka asoslangan öyinlarning qanday salbiy jihatlari bor?

Qimorga qaramlik - bu köplab salbiy psixologik, jismoniy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan progressiv «giyohvandlik» hisoblanadi.

Vaqt bekorga sarflanişi. Dastlab qöşimça daromad topiş, keyinçalik «azart» sirtmoğiga tuşib yutqazilgan pulning örnini qoplaş maqsadida kunlab, haftalab, oylab va hatto yillab ketkazilgan vaqt natijasida inson öz şaxsiy taraqqiyoti uçun investitsiya qilişi kerak bölgan bebaho ne'matini yöqotadi.

Soğlikka ta'siri. Tavakkalçilikka asoslangan öyinlar insonda umidsizlik va noçorlik hissiyotlarini keltirib çiqaradi. Uşbu «giyohvandlik» bilan yaşaydigan odamlar depressiya, migren, içak kasalliklari va stress bilan boğliq boşqa muammolarga duç kelişlari isbotlangan. Yirik summadagi mablağni yutqaziş inson huzur-halovatini yöqotişiga olib keladi. Öyinga berilib ketganlar yotganida ham, turganida ham, har doim pul tikib yutiş haqida öylaşadi. Zararli oqibatlari tufayli, köplab mamlakatlarda qimor öyinlariga qaramlik soğlikni saqlaş sohasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi.