1 sentabrdan boşlab san’atkorlar har bitta töy uçun 103 ming sömdan 1 mln 236 ming sömgaça (ijroçining reytingi va töy bölayotgan manzilga boğliq) soliq tölay boşlaşi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi e’lon qilinişi bilan, tarmoqlar “beçora” va “qarzga botgan” san’atkorlarning oh-u nolalariga tölib ketdi.
Özbekistonda öqituvçidan tortib taksiçilargaça hamma kasb-hunar egalari olayotgan daromadidan kelib çiqib soliq tölaydi. Endilikda soliq tölaş majburiyati san’atkorlarga ham tatbiq etilişi mumkin. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qaror loyihasida 2026 yil 1 sentabrdan boşlab, san’atkorlar har bir töy yoki boşqa tadbirga borganda buni “Soliq” ilovasiga kiritişi nazarda tutilgan. Daromad soliği şu asosda “Bir xizmat – bir tölov” tamoyiliga ötadi.
Loyihaga köra, soliq miqdori san’atkor reytingi va tadbir joyiga qarab, bazaviy hisoblaş miqdorining 0,25 barobaridan 3 barobarigaça böladi. Bu yangilik ortidan tarmoqlar “beçora” va “qarzga botgan” san’atkorlarning oh-u nolalariga tölib ketdi.
Aktyor, xonanda va teleboşlovçi Samandar Hamroqulov aksariyat ijodkorlarning yagona daromad manbayi töylar ekaniga urğu berib, hatto 3-5 yillab qarzini uzolmay, foydaga çiqolmay yurgan hamkasblari borligini aytdi. U san’atkorlarga yengillik berilsa, yaxşi ijod mahsulotlari köpayişini ham qöşimça qildi.
“Biz san’atkorlar soliq tölaşdan qoçmaymiz. Lekin san’atkorlarning topiş manbasi faqat töy. Ular xarajat qilib qöşiq va klip tayyorlaydi. Xalqda töy bölsagina bu xarajatlar qoplanadi yoki qoplanmaydi. Ikki-uç yildan beri, beş yillab qarz tölayotgan san’atkorlar bor, heç foydaga çiqolmaydi beçoralar. Şuning uçun soliqlarni belgilaşda barça jihatlarni hisobga olgan ma’qul, deb öylayman. Soliqdan qoçadigan joyimiz yöq. Mana şu soliqdan keksalar pensiya oladi, armiyaning oziq-ovqat, kiyim-keçak ta’minoti amalga oşiriladi. Lekin bunaqa soliqni qöyayotganda, har tomonlama hisobga oliş kerak. Beçora san’atkorlarning haydab yurgan yaltiroq maşinalari kreditga olingan, juda qarzlari köp.
Mening şaxsiy fikrim: san’atkorlarga ozgina yengillik berilsa, yaxşi ijod mahsullari bölardi. San’at – ideologiya uçun eng kuçli qurol. San’atkorlar qöşiği, öynayotgan roli va kinolari bilan insonlarni tarbiya qiladi. Agar ularning fikr-u xayoli faqat tirikçilik bilan band bölib qolsa, ijod bölmaydi. Aniq ijod qilolmaydi bunaqa paytda. Şuning uçun har tomonlama öylanglar”,
Mavzuga oid
deydi Samandar Hamroqulov.
Xonanda Şarof Muqimovning fikriça, tört-beş nafar maşhur san’atkorga qarab, butun sohani baholaş adolatdan emas. Muqimov keça sahnani larzaga keltirgan ayrim ijodkorlar bugun tirikçilik uçun haydovçilik qilayotgani, savdo bilan şuğullanayotganini ta’kidlab ötdi.
“Sahna ortidagi haqiqatni hamma ham bilmaydi, san’at yaltiroq emas. Bu – uyqusiz tunlar, çarçatuvçi xavfli safarlar va oiladan uzoqlik. Har bir san’atkor hayotida uç bosqiç bor: orzu bilan boşlangan ilk ijodiy yöl, juda qisqa çöqqi davrlar va ozgina nazardan qolgan oğir hayot. Tört-beş nafar maşhur san’atkorga qarab butun sohani baholaş adolatdan emas. Haqiqat boşqaça. Keça sahnani larzaga keltirgan ayrim ijodkorlar bugun tirikçilik uçun haydovçilik qilyapti, savdo bilan şuğullanyapti yoki boşqa işga qöl urişga majbur bölyapti. Bu ularning tanlovi emas, balki hayot majburiyati.
Yoşi katta san’atkorlar-çi? Butun kuç-ğayratini san’atga bergan insonlar bugun eng oddiy ehtiyojlarini qondirişga qiynalyapti. Kasal bölsa, davolaniş uçun mablağ topolmay, ijtimoiy tarmoqlarda yordam söraşga majbur bölişyapti. Şunday şaroitda yana yuk qöşiş töğrimikan? Bu aççiq, lekin haqiqat. San’atkor ham inson, uning ham oilasi, farzandlari, öziga yaraşa taşvişlari bor. Uning dam oliş kuni, mehnat ta’tili, kafolatlangan daromadi yöq.
Bizda muxlislar tasavvuridagidek xususiy samolyotlar, villalar, katta bizneslar yöq. Köpçiligimizdagi yaltiroq maşina ba’zilarimizda kreditga olingan. Xulosa qilişga şoşmang. Ijod juda katta xarajat talab qiladi: qöşiq, klip, jamoa va liboslar uçun mablağ kerak. San’atkor – xalq kayfiyatini kötaradigan inson. Biz uni yana oğir yuklar bilan bosib qöysak, ertaga sahnada kim qoladi?” deydi Şarof Muqimov.
Boşlovçi Abduvosit Sarimsoqov fikriça, 4-5 nafar qimmat yuradigan xonanda baland narx aytganini eşitib, “bular quturib ketibdi” degan xulosaga keliş kerak emas.
“Samandar Hamroqulov 100 foiz xato fikr bildirdi, deya olmayman. U 1000 foiz haq edi. Men sizga bir neça röyxat va manzillarni beraman, qişda şapka, yozda kepka kiyvolib, taksiga çiqayotgan, jarimaga tuşsa, jarimasini tölayotgan, svetiga, suviga pul tölolmayotgan xonandalar qança. Qolaversa, sentabrdan keçga kiradi debsizlar. Ular qarzlar, kreditlar olib qöyişgan. Ozgina bölsa ham şuni öylaş kerak degan fikrdaman. Ha, töğri, ular kostyum-şim va galstuklarda katta-katta davralarga, nomdor töyxonalarga borib qolişi mumkin. Bu – puli köp degani emas. Yoki kasbi nuqtayi nazaridan çiroyli kiyinib boradi xizmatlarga. Biror şifokorning “olimpika”da operatsiya qilayotgani yoki şalvarda yurgan boşqa soha vakillari yöq. Hamma özining sohasidan kelib çiqib kiyinadi.
Sanoqli tört-beş nafar 1000 dollar, 2000 dollarga yuradigan qimmat xonandalardan andoza olib, hamma şunaqa ekan degan fikrga kelmanglar. Organizatorlarning baland narx aytganini eşitib, ular “quturib ketibdi” degan xulosaga keliş kerak emas. Sizlar öylaganlaringdan pastroq darajada yurgan nomdor-nomdor san’atkorlar bor. Masalan, uşbu murojaatni mart oyining oxirida yozayotgan bölsam, Yangi yildan beri hali birorta xizmatga çiqmagan ijodkorlar bor. Soliq joriy qilmoqçi bölganlardan uşbu masalani qayta körib çiqişlarini iltimos qilaman”, deydi Sarimsoqov.
Xonanda Davron Ergaşev boşqaça fikrda. U qöşiqçilar 15 minutda topadigan puli uçun boşqa kasb egalari 1 oy işlayotganiga e’tibor qaratib, soliqdan imtiyoz sörab çiqiş qilayotgan hamkasblarini tanqid qildi.
“Pistaçi ham, pomidor-bodring sotadiganlar ham soliq tölayapti. Nimaga endi biz tölamasligimiz kerak? Ança-munça insonlardan yaxşi topsak, töğrisi-da, bekitmayman. Alhamdulillah. Xalqimiz, muxlislarimiz 15-20 minut bitta töyga kirib çiqsak, aytgan pulimizni berişadi. Odamlar bir oy işlab, mehnat qiladi-da, 500-600 dollar topadi. Biz 15 minutda topadigan pulimizni aytyapman. Nimaga endi soliq tölamasligimiz kerak? Men Amerikada yaşayman yoki borib-kelib yuraman. Özbekiston fuqarosiman. Amerikadayam soliq degan narsa bor.
Bitta narsani aytib ötaman, bizda eng oğir jinoyat – odam öldiriş. AQŞda eng oğir jazo bu – soliq tölamaslik. Soliq vaqti-vaqtida tölanmasa, 20 yil, 30 yil, kerak bölsa 40 yil qamoq jazosi beriladi. Demoqçimanki, san’atkorlarga uyat-da, Instagram’da çiqib, kredit olganman, qarz bor, deyiş. Uyaliş kerak. Kim sizlarga kredit olinglar deyapti?” deydi Davron Ergaşev.
San’at ahlining iddaolari asoslimi?
Albatta, boşqa kasblarda bölgani kabi san’atkorlikning ham öziga yaraşa maşaqqatlari bor, buni heç kim inkor etmaydi. Ammo bu jihat jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatni çetlab ötişga eksklyuziv huquq bermasligi kerak. Soliq tölaş barça fuqarolar uçun qonuniy majburiyat.
Şu paytgaça biror bir öqituvçi, şifokor yoki farroşning soliq tölayotgani uçun qiynalyapmiz, deb çiqiş qilganiga guvohi bölmadik. Alohida qayd etiş lozimki, xonandalarga heç kim minib yurgan maşinasi, yaşayotgan danğillama uyi yoki boşqa mol-mulkiga qöşimça soliq solmayapti yoki ötib ketgan davr uçun majburiyat yuklamayapti. Ulardan kelajakda topadigan daromadning bir qismini el qatori soliq uçun ajratiş talab qilinyapti xolos. Ya’ni töyga çiqmayotgan, daromad olmayotgan xonandadan öz-özidan heç qanday soliq undirilmaydi.
Boz ustiga, qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda ham, san’atkorlarga birdaniga 12 foizlik daromad soliği solinmaydi. Ular uçun daromad hajmiga boğlangan soliq tizimi faqatgina 2029 yildan boşlab amaliyotga tatbiq etilişi mumkin. Bungaça yangi tizimga moslaşiş uçun vaqt va imkoniyat beriladi.
Boşqa davlatlarda qanday?
Köp mamlakatlarda şou-biznes vakillari eng köp soliq tölovçilar hisoblanadi. Masalan, Amerikada “san’at ölyapti” yoki “kostyumim qimmat” degan bahonalar ötmaydi. San’atkor, xoh u töyda xizmat qilsin, xoh stadionda konsert bersin, oddiy fuqaro bilan bir xil, aksariyat hollarda esa undan ança köp soliq tölaydi. Qöşma Ştatlarda daromad qança yuqori bölsa, soliq stavkasi ham oşib boraveradi. Eng yuqori daromad topuvçi yulduzlar uçun stavka 37 foizni taşkil qiladi. Hammasi şu bilan tugamaydi. Aksariyat ştatlarning öz içki daromad soliği bor. Masalan, şou-biznesning yuragi bölmiş Kaliforniya ştatida qöşimça soliq 13,3 foizgaça yetadi. Natijada yulduz xonanda jami daromadiningdeyarli yarmini davlat budjetiga ötkazadi. Öz navbatida, AQŞda çiqiş qilgan xorijlik san’atkorlardan ham tuşumning 30 foizi uşlab qolinadi.
Yevropa mamlakatlarining soliq tizimi ham “boylar köproq tölaşi kerak” degan ğoya asosida şakllantirilgan. Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada köp pul topadigan san’atkorlar uçun daromad soliği stavkasi 45 foizgaça yetadi. Germaniyada bunga qöşimça ravişda 5,5 foizlik “birdamlik ustamasi” ham bor. Rossiyada esa daromad soliği beş bosqiçli progressiv şkala asosida hisoblanadi va san’at ahli eng köp soliq tölovçilar toifasiga kiradi.
Xulosa örnida aytiş lozimki, Özbekistonda kun böyi bolalar bilan işlovçi tarbiyaçi 2,5–3 mln söm miqdorida topadigan daromadidan davlatga 12 foiz soliq tölayapti. Bitta töyga tarbiyaçining 1 yillik daromadiga teng summaga boradigan xonandalarning soliq tölaşdan böyin tovlaşi esa – eng kamida adolatsizlik. Odamlar san’at ahlini hurmat qiladi, ularga ergaşadi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda davom etayotgan çiqişlar esa “soliq tölaş yaxşi emas, bu odamlarni kambağallaştiradi” degan ğoyani tarğib qilişga xizmat qilişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi