O‘zbekistonda konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi tartib rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi bu haqda prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Taklif quyidagicha: 2026 yil 1 sentabrdan boshlab ijrochilar va ijodiy jamoalarning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq barcha xizmatlari soliq organlarining “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.

Ijrochilar 2026 yil 1 sentabrdan 2029 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida, qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘laydi. (Mehnat shartnomasi asosida mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ijodiy faoliyat bundan mustasno).

“Bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili doirasidagi soliq miqdori san’atkorning reytingi va xizmat ko‘rsatilgan joyga bog‘liq bo‘lib, bazaviy hisoblash miqdori bilan o‘lchanadi:

  • 1-reyting guruhi ijrochilari: Toshkent shahrida – 3 BHM (hozirda 1 mln 236 ming so‘m); Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 BHM (hozirda 824 ming so‘m); boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 1 BHM (hozirda 412 ming so‘m).
  • 2-reyting guruhi ijrochilari: Toshkent shahrida – 2 BHM; Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1 BHM; boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 0,5 BHM.
  • 3-reyting guruhi ijrochilari: Toshkent shahrida – 1 BHM; Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 0,5 BHM; boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 0,25 BHM.

Yuqorida keltirib o‘tilgan tartib 2026 yil 1 sentabrdan joriy etilgan taqdirda, shu sanadan e’tiboran konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchilar uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibi tatbiq etilmaydi.

Ijrochilar tomonidan mobil ilovaga tegishli ma’lumotlar kiritilmasligi va belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilmasligi – litsenziya talablarini