O‘zbekiston | 07:53 / 20.07.2021
73895
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda olti oy davomida aholi soni qanchaga ko‘paygani ma'lum bo‘ldi. Statistika qo‘mitasi tegishli xabarni e'lon qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 34 860 170 kishini tashkil etmoqda.

Xususan, shahar joylarda – 17,7 mln kishi, qishloq joylarda – 17,2 mln kishi istiqomat qiladi.

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34 million 558,9 ming kishini tashkil etgan.

1 aprel holatiga ko‘ra esa, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 695 600 kishini tashkil etdi. Aholi soni yil boshidan buyon 136 700 kishiga yoki 0,4 foizga ko‘paygan.

Mavzuga oid