Yer aholisi taxmin qilinganidan bir necha milliard ko‘proq bo‘lishi mumkin – tadqiqot
Tadqiqotchilar 1975 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilib, global aholi bazalari qishloq aholisini 53-84 foizga kam hisoblaganini aniqladi.

Foto: iStock/Getty Images
Qishloq aholisi sonini hisoblashdagi xatolar tufayli dunyo aholisi rasmiy hisob-kitoblardan sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi mumkin. Finlyandiyadagi Aalto universiteti tadqiqotchilarining fikricha, sayyorani kvadrat zonalarga bo‘lishning an’anaviy usuli shaharlardan tashqarida yashovchi odamlar sonini sezilarli darajada kam baholaydi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.
Tadqiqotchilar 1975 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilib, global aholi bazalari qishloq aholisini 53-84 foizga kam hisoblaganini aniqladi. Bu hisobga olinmagan odamlar soni bir necha milliardga yetishi mumkinligini anglatadi.
Tadqiqot mualliflari 35 mamlakatdagi 307 ta gidrotexnika loyihasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Ular beshta ma’lumotlar bazasi asosida ko‘chirilgan aholi to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni ushbu hududlardagi aholi hisob-kitoblari bilan solishtirdi. Ma’lum bo‘lishicha, qishloqlarda odamlar haqida, xususan, tibbiy xizmatlar va infratuzilma haqida shaharlarga qaraganda ancha kam ma’lumot mavjud.
Xulosalarga barcha ekspertlar qo‘shilmaydi. Ba’zilarning ta’kidlashicha, zamonaviy sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ma’lumotlarni to‘plashning takomillashtirilgan usullari xatolik chegarasini kamaytirishi mumkin. Ammo haqiqiy farqlar kichikroq bo‘lsa ham, gap hali ham davlat xizmatlarini rejalashtirish va iqlim o‘zgarishi ta’sirini bashorat qilishda hisobga olinmagan yuz millionlab odamlar haqida ketmoqda.
Tadqiqotchilar resurslarni aniqroq taqsimlanishini ta’minlash uchun, ayniqsa, qishloq joylarida aholini hisoblash usullarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balashixada portlash oqibatida Gerasimovning o‘rinbosari halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025